“Google firebase” 125 million foydalanuvchining maxfiy maʼlumotlarini oshkor qildi

“Google firebase” 125 million foydalanuvchining maxfiy maʼlumotlarini oshkor qildi

“Google”ning maʼlumotlar bazalari va ilovalarni ishlab chiqish platformasi “Firebase” sozlamalaridagi xatolar tufayli 19 millionga yaqin parollar fosh boʻldi.

Tadqiqotchilar 5 milliondan ortiq domenlarni skanerlashdi va xavfsizlik qoidalari oʻchirilgan yoki notoʻgʻri sozlangan 916 ta saytni aniqladilar, natijada 125 milliondan ortiq foydalanuvchi maʼlumotlari yozuvlari, jumladan, shaxsiy va moliyaviy maʼlumotlar oʻgʻirlangan.

Yigʻilgan maʼlumotlar shaxsiy maʼlumotlar bazasida tashkil etilgan boʻlib, xavfsizlik sozlamalari yomonligi sababli xavf ostida boʻlgan katta miqdordagi nozik maʼlumotlarni koʻrsatadi.

Parollarning 98 foizi ochiq matnda saqlanganligi alohida tashvish uygʻotadi.

Buning uchun alohida harakat talab etiladi, chunki “Firebase” maʼlumotlar bazasidagi parollarni oshkor qilmaydigan xavfsiz autentifikatsiya qilish uchun maxsus “Firebase” Autentifikatsiya yechimini taklif qiladi.