Xonadonda tayyorlangan konserva mahsulotlari brakeraj qilindi

Xonadonda tayyorlangan konserva mahsulotlari brakeraj qilindi

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati xabariga ko`ra, xonadon sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanishlarning eng xavfli turi, hatto ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi – botulizm kasalligi yuzaga kelishi mumkin.

Uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlashda —  zarur texnologik jarayonlar, jumladan, sanitariya me’yorlariga to‘la rioya qilinmaydi.

Aholi orasida bunday holatlarni oldini olish maqsadida doimiy ravishda Farhod dehqon bozorida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo’limi xodimlari tomonidan o’rganish ishlari olib boriladi.

O’rganishlar davomida fuqarolar tomonidan uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan bir martalik idishlarda sotilayotgan jami 17 kg 200 gr janduq, qalampir, pomidor qaylasi mahsulotlari savdodan olindi.