Tramp saylovda mag‘lub bo‘lsa, AQSH qonga belanishini aytdi

Tramp saylovda mag‘lub bo‘lsa, AQSH qonga belanishini aytdi

AQSHning sobiq yetakchisi Donald Tramp joriy yilning 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonmasa, Qo‘shma Shtatlar “qonli ko‘l”ga aylanadi. Bu haqda Tramp kecha, 16 mart kuni  AQSHning Ogayo shtatida joylashgan Deyton shahridagi tarafdorlari oldida qilgan chmqishida aytib o‘tdi.

“Agar men saylanmasam, bu mamlakat qonli ko‘lga aylanadi. Va bu sodir bo‘lishi kutiladigan eng kam hodisa”, degan u.

Tramp bu yilgi saylovlar avvalgi saylovlarga qaraganda muhimroq ekanini qo‘shimcha qilgan.

 “Biz tanazzuldamiz. Ammo hamma narsani o‘zgartirishimiz mumkin. Biz AQSHni yana buyuk davlatga aylantiramiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lumot uchun, Tramp Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun kerakli miqdordagi delegatlar yig‘ib bo‘lgan. Hozirgi davlat rahbari, ikkinchi muddatga da’vogarlik qilayotgan Jo Bayden ham Demokratik partiyadan yetarli miqdordagi vakillarning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan.