Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 11 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasaygan

Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 11 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasaygan

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 11 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*. Shunday qilib, karamning narxi 31,4 foiz, bodringning narxi 19,8 foiz, kungaboqar yog‘ining narxi 9,7 foiz, mol go‘shtining (file) narxi 8,3 foiz pasaygan.

4 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: guruch, makaron, banan va shakar.

6 nomdagi mahsulotlar narxi oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha lavlagi yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq.

*tahlil 6-mart va 8-fevral kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.