Fransuzlar Ukraina uchun o‘z jonlarini fido qilmaydi – Fransiya TIV

Fransuzlar Ukraina uchun o‘z jonlarini fido qilmaydi – Fransiya TIV

Prezident Emmanuel Makronning bayonotiga qaramay, Fransiya armiyasi Ukraina mojarosidagi qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda Respublika Tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne kecha, 1 mart kuni «France Inter» radiosining jonli efirida ma’lum qildi.

«Fransuzlar Ukraina uchun jon fido qilmaydi. Biz jangovar harakatlar davom etayotgan yerga  qo‘shinlarni yubormaymiz, chunki Rossiya bilan urush qilmasdan turib, uning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ramka o‘rnatilgan edi. Va bu ramkada, Prezident aytganidek, hech narsa istisno qilinmaydi”, degan vazir.

Shuningdek, Sejurne jonli efirda aloqaga chiqgan fuiaroning Parij nega bu qarorga kelgani haqidagi savoliga mamlakat go‘yoki Rossiya bilan urushdan qochish va Fransiya aholisiga tashvish qo‘shmaslik niyatida ekanini bildirgan. Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Parijning sa’y-harakatlari fransuzlarga tashvish qo‘shishga emas, balki urushdan qochishga qaratilgan.