Navalniy Moskvada dafn qilindi

Navalniy Moskvada dafn qilindi

1 mart kuni marhum rus muxolifatchisi Aleksey Navalniyning dafn marosimi Moskvadagi Borisov qabristonida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda xalqaro nashrlarda xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ertalab odamlar Navalniy bilan xayrlashish uchun cherkovga to‘planishgan. Ma’badga navbat bir necha yuz metrga cho‘zilgan. Siyosatchining jasadi bo‘lgan tobut cherkovga olib kelinganida, odamlar «Navalniy!», “Putin – qotil”, «Biz kechirmaymiz!», “Rossiya ozod bo‘ladi!”, deya hayqirishgan.