Rossiya 2024-yilning 1-martidan olti oyga benzin eksportini taqiqlamoqda

Rossiya 2024-yilning 1-martidan olti oyga benzin eksportini taqiqlamoqda

Mavsumiy talabning oshishi fonida benzin eksportini vaqtinchalik taqiqlash 2024-yilning 1-martidan kuchga kiradi. Bu taklif Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan maʼqullangan.

Vaqtinchalik eksport taqiqi YOII mamlakatlari, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga kelishilgan yetkazib berish hajmlariga taalluqli emas.

Bosh vazir oʻrinbosari Aleksandr Novak bosh vazirga benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etish taklifi bilan murojaat qilgan.

Uning shu yilning 21-fevralda yoʻllagan maktubida tez orada ichki bozorda yoqilgʻiga talab ortib borayotgan mavsum boshlanishini, bu bahorgi dala ishlari, neftni qayta ishlash zavodlarida rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari, shuningdek, yozgi taʼtillar bilan bogʻliqligi qayd etilgan.