Turk seriallari 170 dan ortiq davlatda 750 million kishini qamrab oldi

Turk seriallari 170 dan ortiq davlatda 750 million kishini qamrab oldi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Batuhan Mumju, Turkiyada ishlab chiqarilgan seriallar Amerikadan Rossiyaga, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasiga qadar dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish etilganini va tomoshabinlarning taxminan 750 million kishiga yetganini bildirdi.

Madaniyat va Turizm Vazir o’rinbosari Batuhan Mumju Germaniyaning poytaxti Berlinda 74-Xalqaro Berlin Film Festivali (Berlinale) doirasida bir qator uchrashuvlar o’tkazib, Turkiyaning stendini ham o‘z ichiga olgan Yevropa kino bozorini (EFM) ziyorat qildi.

Mumcu, Berlinale va Yevropa kino bozori dunyodagi eng muhim kino voqealaridan biri ekanligini ta’kidlab, “Vazirlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan kinofilmlar yurtimiz targʻibotiga hissa qoʻshmoqda”,- dedi.

Mumju, butun dunyo tomonidan kuzatib boriladigan va minglab tarmoq vakillari bir joyga to’plangan ushbu tadbirda qatnashish va bu yerda turk kinosi va Turkiyani muvaffaqiyatli namoyon etishning ahamiyatiga to’xtalib, “Biz ilgari ko’plab mukofotlarga sazovor bo’lganmiz, jumladan Berlinaleda bosh mukofot bo’lgan Oltin ayiqni ham qo‘lga kiritganmiz. Vazirligimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlangan kinofilmlar Berlin, Kann, Venetsiya, Toronto va Tokio kabi dunyoning eng muhim xalqaro kinofestivallarida qatnashib, turk kinosi va yurtimiz targʻibotiga hissa qoʻshmoqda. Biz bunga katta ahamiyat beramiz va kino ishlab chiqarishni ham, xalqaro vakillikni ham oshirishga yordam berishda davom etamiz”, — dedi.

Turk seriallari 170 dan ortiq davlatda namoyish etiladi

Festival doirasida ochilgan Turkiya stendida sektorning xorijlik vakillariga turk filmlarini taqdim etganliklarini ma’lum qilgan Mumcu, “Kino ijodkorlarimizning hamkorlikda ishlab chiqarish va boshqa hamkorlik uchrashuvlariga mezbonlik qilmoqdamiz. Ushbu uchrashuvlar yangi hamkorlikda kinolar olish va hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, bu yerda filmlarimizning xorijga sotilishi amalga oshirilmoqda va bu biz uchun juda muhim ahamiyatga ega”, — dedi.

Turk seriallari butun dunyoda tomosha qilinayotganiga diqqat qaratgan Mumju, “Bugungi kunda seriallarimiz Amerikadan Rossiyaga, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasiga qadar dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish qilinmoqda va taxminan 750 millionga kishini yetmoqda. Turk serial va kino sanoati eksport bo’yicha dunyoning birinchi 5 davlati orasida. Turk seriallari sotilgan hududlarda Turkiya va turk madaniyatini tanitish nuqtai nazaridan katta ta’sirga egadir”, — dedi. 

«2025 yilda Istanbulda «Seriallar va teleko’rsatuvlar yarmarkasi» tashkil qilamiz»

Mumju seriallarning Turkiyaning dunyoda tan olinishiga katta hissa qo’shganini ta’kidlab, “Shuning uchun biz bu qadar katta ta’sirga ega bo’lgan serial sohamiz bilan hamkorlikda muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz dunyodagi eng muhim teleseriallar va kontent yarmarkalaridan biri boʻlgan MIPCOM, MIPTV, ATF Singapore, Content America va Dubai TV Series and Content Fair kabi tadbirlarda mamlakat stendlarini ochishni qoʻllab-quvvatlaymiz va oʻz seriallarimizni butun dunyoga taqdim etamiz. Nasib qilsa, 2025-yilda Istanbulda teleseriallar va teleko’rsatuvlar ko’rgazmasini tashkil qilamiz. O‘ylaymizki, bu o‘z sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri bo‘ladi”, — dedi.

“Tomoshabinlar sonining oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga o‘sib,  40 milliondan oshib ketishini taxmin qilmoqmiz.»

Mumju Epidemiya jarayonida kinoteatrlar uzoq vaqt eshiklarini yopishga majbur bo’lganini va butun dunyoda bo’lgani kabi Turkiyada ham tomoshabinlar sonida katta pasayish kuzatilganini eslatti. U “Ushbu jarayon davomida kinoteatrlar faoliyatini davom ettirishlari uchun 32 million liralik yordam berdik. «Bundan tashqari, G’aznachilik va Moliya vazirligimiz bilan hamkorlikda 10 foizlik «O’yin-kulgi solig’i»ni 0 foizga tushirdik va shu bilan 2023-yilda sektorga 278 million liralik yordam ko’rsatdik», — dedi.

Mumju, shuningdek, kino tomoshabinlar sonini oshirish uchun qonunchilikka o’zgartirish kiritganliklarini va ikkita yangi chegirmali chipta turlarini joriy qilganliklarini ta’kidladi va quyidagicha davom etdi:

“Shunday qilib, biz xususiy muassasalarga chegirmali chiptalar xarid qilishiga yo‘l ochdik. Ushbu tartib 2024-yilda tomoshabinlar soniga katta hissa qo’shishiga ishonamiz. Kino sohamiz bu yilni juda yaxshi boshladi. Tomoshabinlar soni 2024-yilning fevralida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga oshgan. 2024-yilda tomoshabinlar soni 40 milliondan oshadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga o‘sishini bashorat qilmoqdamiz. Umid qilamizki, biz sanoatimiz bilan yilni ajoyib o’tkazamiz». 

«Kelgusi davrda Turkiyada ko’plab yangi filmlar olinishiga mezbonlik qilamiz»

Vazir o’rinbosari Mumju Berlinale doirasida Turkiyada xorijiy filmlar suratga olish ishlariga ham to’xtalib, Turkiyaning boy tarixi va tabiiy go’zalliklari bilan tabiiy plato xususiyatiga ega ekanligini ta’kidladi.

Mumju:

“300 ga yaqin quyoshli kunlar soni, turli suratga olish joylari, raqobatbardosh narx ustunligi, ilg‘or texnik infratuzilma, tajribali va malakali ishchi kuchi va rag‘batlantirish tizimi bilan kino ijodkorlariga katta afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu afzalliklarga qo‘shimcha ravishda mamlakatimiz raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mamlakatimizda film suratga oladigan xorijlik kinoijodkorlar Turkiyada sarflagan mablag‘ining 30 foizigacha miqdorini qaytarib olishlari mumkin bo‘lgan “Xorijiy film olishni qo‘llab-quvvatlash” dasturini amalga oshirdik”, — dedi.

Mumju Guy Ritchie, Jason Statham, Hugh Grant, Josh Hartnett, Henry Cavill va Salman Khan kabi dunyo yulduzlari ishtirok etgan juda muhim filmlarning Turkiyada suratga olinganiga e’tiborini qaratti.

“Gollivud ko‘plab filmlarini mamlakatimizda suratga olishni xohlaydi. Umid qilamizki, kelgusi davrda Turkiyada ko’plab suratga olinishlarga mezbonlik qilamiz”, — deya so‘zini yakunladi u.​