Chiqindi tashlash holati bo‘yicha 90 mln so‘mdan ortiq jarima belgilandi – Sirdaryoda

Chiqindi tashlash holati bo‘yicha 90 mln so‘mdan ortiq jarima belgilandi – Sirdaryoda

Sirdaryo viloyatida yil boshidan buyon belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 235 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, eng ko‘p qoidabuzarlik Guliston shahri (42), Mirzaobod tumani (25) va Shirin shahrida (24) aniqlangan bo‘lsa, eng kam qoidabuzarlik Yangiyer shahrida (9) qayd etilgan.

Boshqa hududlarda qoidabuzarliklar soni:

  • Sayxunobod tumani — 10 ta;
  • Sirdaryo tumani — 20 ta;
  • Xovos tumani — 23 ta;
  • Sardoba tumani — 29 ta;
  • Boyovut tumani — 16 ta;
  • Oqoltin tumani — 17 ta;
  • Guliston tumani — 20 ta.

Holatlar bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 90 mln 270 ming so‘m jarima belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yo‘lga chiqindi tashlagan YPX xodimi jarimaga tortilgandi.