Yevropaliklarning atigi oʻn foizi Ukraina gʻalabasiga ishonmoqda

Yevropaliklarning atigi oʻn foizi Ukraina gʻalabasiga ishonmoqda

Datapraxis va YouGov portallari Xalqaro aloqalar boʻyicha Yevropa kengashi uchun oʻtkazgan tadqiqot natijalariga koʻra, yevropaliklarning bor-yoʻgʻi 10 foizi davom etayotgan mojaroda Ukraina gʻalaba qozonishi mumkinligiga ishonmoqda. Yigirma foiz yevropaliklar esa Rossiya gʻalaba qozonishiga ishonishini bildirgan.

Tadqiqot 12 mamlakat — Avstriya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Ispaniya va Shvetsiya aholisi oʻrtasida oʻtkazildi.

Respondentlarning koʻpchiligi — 37 foizining oxir-oqibat bitim tuzilishiga ishonchi komil. Ukrainaning muvaffaqiyatiga Gretsiyada 2, Vengriyada 4, Italiyada 5, Polsha, Shvetsiya va Portugaliyada 17 foiz ishonch bildirildi.

“Yevropa uchun mojaroga aralashishning eng yaxshi ssenariysi nima?», degan savolga ishtirokchilarning 41 foizi Yevropa Ittifoqi Kiyevni Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga undashi kerakligini aytgan.

Yevropaliklarning 31 foizi Kiyevga harbiy yordamni davom ettirish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. Tinchlik muzokaralarini rivojlantirish tarafdorlari Vengriyada 64, Gretsiyada 59, Italiyada 52 va Ruminiyada 50 foizni tashkil etdi.

Tadqiqot 2-yanvardan 19-yanvargacha 17 mingdan ortiq katta yoshli respondentlar oʻrtasida oʻtkazildi.