AQSh vizasi: 2023-yilda qancha o‘zbekistonlik rad javobini olgani ma’lum bo‘ldi

AQSh vizasi: 2023-yilda qancha o‘zbekistonlik rad javobini olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston rad javobini olish bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yomon ko‘rsatkichga ega.

AQSh 2023-yilga mo‘ljallangan B1/B2 toifali noimmigratsion vizalarni berishni rad etish bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlarini e’lon qildi.

Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-moliya yilida (2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 30 sentabrgacha bo‘lgan davr) O‘zbekistondan murojaat qilganlarning qariyb 60 foizi rad etilgan.

Ta’kidlash joiz, viza rad etish darajasi B vizasiga ariza topshirganlar soniga nisbatan hisoblanadi.

2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida viza rad qilish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:

— O‘zbekiston – 59,56 foiz;

— Tojikiston – 54,96 foiz;

— Turkmaniston – 51,10 foiz;

— Qozog‘iston – 41,93 foiz;

— Qirg‘iziston – 41,54 foiz.

Dunyo bo‘yicha fuqarolari eng ko‘p rad javobini olgan davlatlar:

— Mikroneziya, Palau va KXDR — 100 foiz;

— Liberiya — 78,19 foiz;

— Laos — 72,79 foiz;

— Ruanda — 71 foiz;

— Somali — 69,89 foiz;

— Jibuti — 68,37 foiz;

— Nikaragua — 65,6 foiz.

Fuqarolari eng kam rad javobini olgan davlatlar:

— Qatar – 2,53 foiz;

— Urugvay — 3,21 foiz;

— Isroil — 3,3 foiz;

— Kuvayt — 3,96 foiz;

— Lyuksemburg — 4,22 foiz;

— Sulaymon orollari — 4,35 foiz;

— Malayziya – 4,43 foiz;

— Kipr — 4,48 foiz;

— Islandiya – 4,54 foiz.