Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 91 mlrd AQSH dollariga yetdi

Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 91 mlrd AQSH dollariga yetdi

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln soʻmni tashkil etdi.

Bu oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha 90,9 mlrd AQSH dollariga teng.

Yalpi ichki mahsulot hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 6 % ga oʻsgan.