Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi sharafini himoya qilayotgan qozog‘istonlik futbolchi Baxtiyor Zaynutdinov Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Zaynutdinovning  narxi 6,5 million yevroga baholandi va u borada o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni ortda qoldirdi. Shomurodovning qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.

Kuchli uchlikni esa 4 million yevroga baholanayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev yakunlab berdi. Umumiy hisobda Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari o‘nligidan 8 nafar o‘zbekistonlik, 2 nafar qozog‘istonlik futbolchi joy oldi.