Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida yangi savdo yoʻlagi ochildi

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida yangi savdo yoʻlagi ochildi

Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur yangi savdo yoʻli Oʻzbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bogʻlab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.

Ushbu yangi savdo yoʻlagi orqali yuklar avtomobil transportida “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida qisqa vaqtda oʻz egalariga yetkazib berilishini taʼminlaydi.

Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan taʼminlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan oʻtish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy koʻmak koʻrsatmoqda.