Ayrim korxonalarimizda xalqaro sertifikat yo‘qligi uchun global logistika zanjirlariga qo‘shila olmayapti

Ayrim korxonalarimizda xalqaro sertifikat yo‘qligi uchun global logistika zanjirlariga qo‘shila olmayapti

Iqtisodiyotning drayver sohalarida xalqaro standartlarni joriy qilish darajasi 35 foizga ham yetmaydi.

Shu bois, Texnik tartibga solish agentligi to‘liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.

Umuman, ushbu sohadagi barcha huquqiy jarayonlarni talab darajasiga yetkazish uchun adliya vaziri A.Toshqulov mas’ul etib belgilandi. Ikki oyda sohani tartibga solmasa, lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlikka rahbar etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi.

Mutasaddilarga 2024 yilda eng ko‘p eksport bo‘ladigan Yevropadagi 10 ta davlat bilan milliy sertifikatni ikki tomonlama tan olish bo‘yicha kelishuvga erishish, 1,7 mingta xalqaro standart va 19 ta texnik reglamentni qabul qilish, 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etish, sifati kafolatlangan mahsulotlar turini 4 mingtadan 7,5 mingtaga yetkazish topshirildi.

Joriy yilda “GSP+” tizimi orqali Yevropaga eksport qilinadigan tovarlar turini 700 taga, hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.