oriy yilning 9 yanvar kuni parlament binosining 2 qavatidan sakrab, qochib ketgan qirg`izistonlik deputat Emil Jamg`irchiev yana parlamentga qaytib bordi.
Avvalroq u O`zbekistonda qidiruvga berilgani va huquq-tartibot idoralari tomonidan so`roq qilingani xabar qilingan edi.
Bugun, 16 yanvar kuni Qirg`iziston Respublikasining Jogorku Kenesh deputati tarmoq qo`mitasi yig`ilishiga kelib, hamkasblaridan uni tanqid qilmaslikni so`ragan. Uning aytishicha, kim aybdor ekanligini faqat sudya hal qiladi.
“Hozir tergov ishlari ketyapti, tergov tugagach sudga oshiriladi, suddan keyin men ham ma`lumotga ega bo`laman, hammasini tinglayman va hukmdan keyin izoh beraman. Mening ota-onam va oilam bor, biz ularni ham, o`zimni ham noqulay ahvolga solib qo`ydik. Agar tarqalgan xabarlar o`z tasdig`ini topsa, keyin tekshirib ko`rasiz. Ungacha esa sud hukmini kutsak, men sizlardan shuni so`rayman. Bunday kunlar, Xudo saqlasin barimizning brshimizda turibdi”, – dedi Jamg`irchiev.
Qo`mita raisi Suyun Abdildaev uning ishi parlamentda ko`rib chiqilayotganda kelib haqiqatni aytishi mumkinligini eslatdi.
Ma`lumot uchun, 2024 yil yanvar oyi boshida Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashiev deputat Jamg`irchiev bir necha oydan beri O`zbekistonda hibsda saqlanayotgan Salim Abduvaliev bilan uchrashish uchun chegarani noqonuniy kesib o`tganini aytgandi. Uning so`zlariga ko`ra, so`roq paytida Abduvaliev Jamg`irchiev kelgani va “undan Qirg`izistonda tartib o`rnatishni so`ragani”ni tasdiqlagan. “Uning jinoyati og`irligi unchalik katta emas. Bu modda bo`yicha fuqarolar qamalmaydi. Biz Jamg`irchievni qamamoqchi emasmiz”, degan Tashiev.
Jamg`irchiev qaerdaligi shu paytgacha noma`lum edi. U 9 yanvar kuni parlament binosidan qochib ketgani aks etgan video tarqalganidan so`ng 10 yanvar kuni Jogorku Kenesh ushbu deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirgan. Ammo 12 yanvar kuni Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi Jamg`irchiev so`roq qilingani va tergov organlariga kelish majburiyati ostida qo`yib yuborilgani haqida xabar bergan.
Kecha, 15 yanvar kuni esa Jamg`irchievga oida yana bir rasmiy xabar e`lon qilindi. Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarovning ma`lum qilishicha, Jamg`irchiev “Salimboy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvalievdan “ikki do`st”ni – Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashievni yo`q qilishda yordam so`ragan.