Yevroosiyo banki O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun litsenziya oldi

Yevroosiyo banki O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun litsenziya oldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Yevroosiyo bankiga litsenziya berildi. Bu Yevroosiyo bankining sho‘’ba korxonasidir.

Bank o‘tgan yilning may oyida olti oy muddatga beriladigan, O‘zbekistonda sho‘’ba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsatnomani olgan edi. Bu vaqt ichida bank bir qator talablarni bajarishi lozim bo‘lgan.

“12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi Yevroosiyo bankini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, -deyiladi regulyator xabarida.

Qozog‘iston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi 2022 yilning oxirida Yevroosiyo bankiga O‘zbekistonda faoliyat yuritishga ruxsat berdi. Bungacha bank rahbari Valentin Morozov mamlakatimiz bank bozori jozibadorligini alohida qayd etgan.