Turkiyaning afsonaviy muzeylari

Turkiyaning afsonaviy muzeylari

Onado‘li o’tmish xazinalariga boy hudud bo‘lib, dunyoning eng qadimgi sivilizatsiyalari va tarixda ko’plab ilklarning vatani bo‘lgan. Bugun Turkiyaning qayeriga bormang, bu yerlar o‘zining tarixiy boyliklari bilan sizni maftun etadi va tashrif buyuruvchilarga unutilmas tajriba taqdim etadi. YuNESKOning Jahon merosidan tortib arxeologiya muzeylariga qadar boy xilma-xillikka ega Turkiya madaniy merosni muhofaza qilish va muzeyshunoslikni dunyo miqyosida ommalashtirish maqsadida har yili 18-24 may kunlari o’tkaziladigan Muzeylar haftaligining ham ayni vaqtda manzilidir.

21-27 may kunlari dunyo bo‘ylab Turk oshxonasi haftaligi bo‘lib o‘tadi

21-27 may kunlari dunyo bo‘ylab Turk oshxonasi haftaligi bo‘lib o‘tadi

Unumdor geografiyaning lazzatlari va qadimiy an’analarini o’z ichiga olgan Onado’lining boy gastronomiya madaniyatining keng ko‘lamli Turk oshxonasi haftaligi 2024-yilning 21-27 may kunlari butun dunyo bo’ylab nishonlanadi. Uchinchi yil o‘tkazilayotgan bu haftalik doirasida Turkiyada va Turkiya Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarida turli tadbirlar va ijtimoiy media kampaniyalari o‘tkaziladi. Turk oshxonasi haftaligi davomida barqaror turk oshxonasining mazali, sog’lom, an’anaviy va chiqindisiz retseptlari bilan batafsil tanishib chiqiladi. Bu yilgi xalqaro tadbirlarda mamlakat tarixi, madaniyati va tabiatining jonli uyg’unligini aks ettiradigan turk gastronomiyasining Egey uslubidagi taomnomasi taqdim etiladi.

Turk Rivierasining eng xushmanzara velosiped manzillari

Turk Rivierasining eng xushmanzara velosiped manzillari

Turk Rivierasi dunyoning eng maftunkor geografiyalaridan biri bo’lib, o‘zining velosipedda sayohat qilish uchun qulay mazillari, diqqatga sazovor joylari, firuza qirg’oqlari va go’zal qo’ltiqlari, tog’ yo’llari va oltin plyajlari, boy madaniy va oshxona merosi bilan sayyohlarni xushnud etib kelmoqda. Bundan tashqari, milliy va xalqaro eko-yorliqlarga ega bo’lgan turli xil mehmonxonalar va yotoqxonalari, lager va glamping zonalari, bungalov kurortlari va velosipedchilar uchun velosipedga mos yaqin mehmonxonalar sayyohlarni e’tiborini tortmoqda. Kuniga 24 soat ochiq bo’lgan xavfsiz veloturargohlarda velosipedingizni qoldirishingiz, tozalashingiz, ta’mirlashingiz va texnik xizmat ko’rsatishingiz, shuningdek, mintaqadagi velosiped yo’nalishlari bilan tanishishingiz mumkin. Keling, Turk Rivierasi bo’ylab ajoyib velosiped manzillarini ko’rib chiqaylik.

Turkiyaning noyob xazinalari

Turkiyaning noyob xazinalari

Onado’li o’lkalari ko’plab chuqur ildizlarga ega tsivilizatsiyalarga vatan bo‘lgan hudud sifatida juda ko‘p ilklarni boshidan kechirgan. Sharq va G‘arb to‘qnash kelgan bu qadimiy zamin kutilmagan xazinalarga boy bo‘lib, har qadamda tarix qatlamlari namoyon bo‘ladi.

Kallikni davolashning samarali usuli topildi

Kallikni davolashning samarali usuli topildi

Massachusets texnologiya instituti, Brigham ayollar kasalxonasi va Garvard tibbiyot maktabi tadqiqotchilari bosh terisidagi kal dogʻlarni yoʻq qiluvchi mikroignali maxsus yamoq ishlab chiqishdi. Tadqiqot natijalari «Advanced...
Isroil Gʻazo janubidagi shaharga hujum qildi

Isroil Gʻazo janubidagi shaharga hujum qildi

Gʻazo janubidagi Rafah shahriga zarbalar berdi. HAMAS Misr va Qatar vositachiligida ishlab chiqilgan kelishuvga rozi boʻlishiga qaramasdan, Isroil Gʻazo janubidagi shaharga hujumlar davom etishini aytgan. Kelishuv Isroil...