Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra, Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini eʼlon qildi.
Unda Facebook, Telegram, Instagram, YouTube, Odnoklassniki , TikTok dagi sahifalar, saytlar keltirilgan.
Oliy sud tomonidan ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, shuningdek, aholi orasida turli ixtilof va tushunmovchilik, mutaassiblik hamda ekstremistik, terroristik tashkilotlar va ularning g‘oyaviy yetakchilari faoliyatiga nisbatan xayrixohlik kayfiyatini uyg‘otuvchi deb topilgan.
Qo‘mita ijtimoiy tarmoqlardagi diniy mazmundagi materiallarga layk bosish yoki ulashishdan ehtiyot bo‘lishga, duch kelgan elektron kitob, maqola va elektron ilovalarni yuklab tarqatishdan tiyilishga, tekshirilmagan foto va videomateriallarni internetdan yuklab olmaslikka chaqirdi.