O‘zbekistonda agrovolting joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda agrovolting joriy etilishi mumkin

Bu haqida davlat rahbari yaqinda yangi yilda “yashil” energetikani rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimoti chog‘ida ma’lum qildi.

Agrovolting – bu qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining o‘z ehtiyojlari yoki sotish maqsadida energiya ishlab chiqarish uchun o‘z dalalariga quyosh panellarini o‘rnatish amaliyotidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda umumiy quvvati 6,3 gigavatt bo‘lgan quyosh, shamol va gibrid elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida 28 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda.

Ulardan umumiy quvvati 2,6 gigavatt bo‘lgan 7 ta loyiha doirasida 2023-yilda birinchi quvvatlar ishga tushirilgan.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni, BAA, Xitoy, Fransiya, Shveytsariya kabi mamlakatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda “yashil” stansiyalar va energiya saqlash tizimlarini qurish bo‘yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda.