2025-yilning 9 oyi yakuni bo’yicha soliq tushumlari 158 trln so’mdan oshdi

2025-yilning 9 oyi yakuni bo’yicha soliq tushumlari 158 trln so’mdan oshdi

Soliq organlari tomonidan 2025-yilning 9 oyida respublika bo‘yicha budjetga 158,7 trln so‘m tushumlar tushishi ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18%ga ko‘p.

Soliq turlari kesimida tushum (2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish):
🔸foyda solig‘i – 35,4 trln so‘m (📈14%);
🔸QQS – 32,5 trln so‘m – (📈 14%);
🔸JShODS – 30,3 trln so‘m – (📈19%);
🔸yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 16 trln so‘m (📈 24%);
🔸aksiz solig‘i – 14,4 trln so‘m – (📈 14%);
🔸soliqsiz tushumlar* – 13,8 trln so‘m (📈 30%);
🔸yer solig‘i – 7,2 trln so‘m (📈 20%);
🔸mol-mulk solig‘i – 6 trln so‘m (📈16%);
🔸AOS – 2,4 trln so‘m (📈12%);
🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 0,7 trln so‘m (📈 16%).

*Soliqsiz tushumlar bu davlat boji, jarimalar, yig’imlar.

Shu bilan birga hududlar soliq tushumlari 9 oyda 27 foizga, III chorakda 30 foizga oʻsgan (https://t.me/soliqnews/16171). Eng yuqori oʻsish surʼatlari:
📍Navoiy viloyati – 86%;
📍Fargʻona viloyati – 39%;
📍Toshkent shahrida – 33%;
📍Sirdaryo viloyati – 32%.