Chet tili imtihonining to’lovi onlayn qaytarib beriladi

⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

✅Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!