2017-2022 yillar davomida AKT sohasida tovarlar eksporti va importini baholandi

2017-2022 yillar davomida AKT sohasida tovarlar eksporti va importini baholandi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2022 yillar davomida AKT sohasida tovarlar eksporti va importini baholadi.

AKT tovarlari eksporti:
➖ Ko‘rib chiqilayotgan davrda AKT tovarlari eksporti hajmi 7,9 barobar oshdi va 2022-yilda 84,3 million AQSH dollarini tashkil etdi (umumiy tovarlar eksportining 0,4 foizi).
➖ AKT tovarlari eksportinining diversifikatsiya darajasi* 2017-yildagi 1,42 dan 2022-yilda 2,50 gacha oshdi.
➖ 2022-yilda AKT tovarlari eksporti tarkibida maishiy elektronika tovarlari eng katta ulush (52,3 foiz) ni egalladi.
➖ Kompyuterlar va tashqi qurilmalar 2017-2022 yillar davomida eng yuqori o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi – 4716,9 barobar. Bu esa ushbu sohaga 2022-yilda IT-mahsulotlari eksportida ikkinchi (33,6 foiz) o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi.
➖ 2022-yilda aloqa uskunalari AKT tovarlari eksportining 11,6 foizini tashkil etdi va 2017-yildagiga nisbatan 59,5 barobarga oshdi.
➖ Eng past o‘sish sur’ati AKT sohasidagi boshqa tovar va komponentlar guruhida kuzatildi – 1,3 barobar. Bu guruh AKT eksportida eng kam ulushga ega – 2,6 foiz.

AKT tovarlarining asosiy eksport bozorlari:
Rossiya (36,2 foiz), Ozarbayjon (4,8 foiz), Qozog‘iston (3,2 foiz), Qirg‘iziston (1,8 foiz), Tojikiston (0,7 foiz).

AKT tovarlari importi:
➖ 2017-2022 yillarda AKT tovarlari importi hajmi 3,6 barobarga oshib, 2022-yilda 1135 million dollarga yetdi (umumiy importning 3,8 foizi).
➖ 2017-2022 yillarda AKT tovarlari importining diversifikatsiya darajasi* 3,26 dan 3,36 gacha ko‘tarildi.
➖ 2022-yilda AKT tovarlari importi hajmida eng katta ulush aloqa uskunalari (37,3 foiz) va kompyuterlar hamda tashqi qurilmalar (32,5 foiz) tovarlar guruhiga to‘g‘ri keldi.
➖ AKT sohasida boshqa tovar va komponentlar guruhining ulushi 2022-yilda 21,1 foizni tashkil etdi.
➖ 2022-yilda AKT tovarlari importida eng kichik ulush maishiy elektronika (9,1 foiz) guruhiga to‘g‘ri keldi.
➖ Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha mahsulot guruhlari bo‘yicha o‘sish sur’ati kuzatildi va u o‘rtacha 3,7 barobarni tashkil etdi.

AKT tovarlari asosan Xitoy (26,8 foiz), BAA (5,8 foiz), Vyetnam (2,2 foiz), Rossiya (2,1 foiz) va Hindistondan (1,8 foiz) import qilingan.

*Diversifikatsiya indeksi 1/HHI (Xerfindal-Xirshman konsentratsiyasi indeksi) orqali hisoblangan