Pilla fermer va klaster oʻrtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi

Pilla fermer va klaster oʻrtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident ipakchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib, tarmoqda keskin oʻzgarish qilish zarurligini taʼkidladi.

Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi.

Buning uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga oʻtiladi.

Birinchi bosqichda bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Ikkinchi bosqichda esa 2025-yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga tumanlarni biriktirish, fermer va kasanachilar oʻzi yetishtirgan pillani faqat klasterlarga sotishi amaliyotidan voz kechiladi.

Yaʼni, pilla fermer va klaster oʻrtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.