O‘zbekiston va Germaniya to‘qimachilik sanoati uchun texnologlar maktabini ochadi

O‘zbekiston va Germaniya to‘qimachilik sanoati uchun texnologlar maktabini ochadi

Mahalliy mutaxassislar Germaniyaning zamonaviy to‘qimachilik uskunalari bilan ishlashga o‘rgatiladi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” kompaniyasi Germaniya bilan “To‘qimachilik uskunalari texnologlari” maktabini ochish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda uyushma matbuot xizmati .

Tegishli kelishuv 7 fevral kuni boshlangan Germaniya to‘qimachilik texnologiyalari kunlari doirasida imzolandi. Germaniyaning “Textima Export Import” kompaniyasi bo‘lajak maktab hamkori bo‘ladi.

Germaniyadan uskunalar yetkazib beruvchilar mahalliy korxonalar texnologlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda yordam beradi. Ularga yangi jihozlar bilan samarali ishlashga o‘rgatiladi va ulardan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirishga yordam beriladi.

Loyiha O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini o‘zgartirish tashabbusi doirasida amalga oshiriladi. U Germaniya muhandislik kompaniyalari konfederatsiyasi (Gesamtmasche) bilan birgalikda ishga tushirilgan.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” AJ “Textima Export Import” kompaniyasi bilan ham hamkorlik shartnomasini imzoladi . Uyushma rahbari Ilhom Haydarov nemis yetkazib beruvchilarining to‘qimachilik sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘n yil ichida qayta ishlash hajmi 9 barobarga oshganini ta’kidladi.

Avvalroq Spot Shveytsariyaning Rieter kompaniyasi Toshkentda sanoat uskunalariga birinchi texnik xizmat ko‘rsatish markazini ochgani haqida yozgan edi .