Peshku tumanida 8 041 litr EKO dizel yoqilg‘isini o‘zlashtirgan operator aniqlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.N.” MCHJning FYOTSH bosh operatori B.H. o‘zining moddiy javobgarligidagi 8 041 litr EKO dizel yoqilg‘isini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.