Endi Dubayga vizasiz borish mumkin bo`ladi

Bugun BAA Tashqi ishlar vazirligida O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o`rtasida kirish viza talablaridan o`zaro ozod etish to`g`risidagi hamkorlik protokoli imzolandi.

O`zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolangan hujjatga ko`ra, O`zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo`lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

Ma`lumot uchun, 2023 yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O`zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSh dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.

Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuchga kiradi.