O‘zbekistonda +15 darajagacha isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda +15 darajagacha isishi kutilmoqda

Ertaga (18-yanvar) O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati +15 darajagacha ko‘tariladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” .

Toshkent

Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 1° sovuq — 1° iliq, kunduzi 6—8° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq, cho‘l zonasida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3° sovuq — 2° iliq, kunduzi 8—13° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq — 3° iliq, kunduzi 10—15° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 3° sovuq — 2° iliq, kunduzi 3—8° iliq.

Tog’li hududlar

Qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq.