2023-yilda O’zbekistonda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6 foizga oshdi

2023-yilda O’zbekistonda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6 foizga oshdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2023-yilda sanoat sohasida erishilgan o‘sishning asosiy omillarini tahlil qildi.

2023-yil yakunlari bo‘yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6 foizga oshdi va barcha muhim tarmoqlarda o‘sish sur’atiga erishildi.

Sanoat sohasidagi o‘sishning intensivligi 2022-yildagiga nisbatan 0,8 foiz punktiga yuqori bo‘ldi. YaIM tarkibida sanoatning ulushi 26,1 foizni tashkil etdi va qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

Sanoat sohasidagi o‘sishning asosiy drayveri bo‘lgan ishlab chiqarish sanoati tarkibiy o‘zgarishlarning eng yaxshi sur’atini namoyish etdi. Mazkur tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish 6,7 foiz oshdi va umuman, sanoat bo‘yicha o‘rtacha o‘sish indeksidan 0,7 foiz punktiga yuqori bo‘ldi. Bu esa tarmoqning sanoat tarkibidagi ulushini 84,4 foiz (1,2 foiz punkti) gacha oshirish imkonini berdi.

Ishlab chiqarish sanoatining jadal rivojlanishi asosida ishlab chiqarishning rivojlanishini ortda qoldiruvchi intilish yotadi. Buni neftni qayta ishlash (127,1 foiz), metallurgiya (106,4 foiz), qurilish materiallari sanoati (111,3 foiz) kabi tarmoqlarda ko‘rish mumkin. Ularda o‘sish sur’ati 2022-yildagiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi o‘sishning yarmidan ortig‘i (53,4 foiz)  mashinasozlik mahsulotlari (107,4 foiz), to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechaklar  (107,2 foiz), salqin ichimliklar va tamaki mahsulotlari (105,9) ni ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga ta’minlandi.

Garchi raqobatlashuvchi import hajmining ortishi tufayli o‘sish intensivligi o‘tgan davrdagi bilan taqqoslaganda biroz sekinlashgan bo‘lsada, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining ortishi (107,3 foiz) bilan bog‘liq ijobiy o‘zgarish sanoat rivojlanishidagi asosiy omillardan biri bo‘ldi.

Hududlar reytingida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmida iste’mol tovarlarining eng katta ulushi Andijon viloyati (umumiy hajmga nisbatan 27,3 foiz), Toshkent shahri (20,8 foiz), Toshkent viloyati (11,9 foiz) da qayd etildi. Boshqa hududlarda iste’mol tovarlarini ishlab chaqrishda katta zaxiralar saqlanib qolmoqda.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining qiyosiy tahlili sanoat ishlab chiqarishida ularning ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (51,1 foiz), Samarqand viloyati (42,3 foiz), Toshkent shahri (30,2 foiz), Farg‘ona viloyati (25,4 foiz) da eng katta ekanligini ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich boshqa hududlarda 5,7 foizdan 19,7 foizgacha oraliqni, umuman olganda esa sanoat bo‘yicha 21,7 foizni tashkil etdi. Bu 2022-yildagiga nisbatan 3,3 foiz punktiga past.

Elektr ta’minotida ishlab chiqarishdagi sezilarli o‘sish ko‘rsatkichi (109,7 foiz) ga erishildi. Bu sanoat tarmoqlari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi. Tog’-kon sanoatida o‘sish sur’ati 101 foizni tashkil etdi. Tarmoq istiqboli foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish samaradorligi bilan belgilanadi.

Zarar va qolib ketgan to‘lovlarning ortib borish sur’ati sekinlashishi tahlil etilayotgan davrning o‘ziga xos jihatidir. Buning natijasida kreditlar bo‘yicha qarzlarning qaytarilmaslik xavfi 2022-yildagiga nisbatan kamroq bo‘ldi.

Tahlil etilayotgan davrning qiyinchiliklariga qaramasdan, korxonalar yangi energetik tariflarga asta-sekin moslashayapti. Mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli shunday imkoniyat paydo bo‘lmoqda.

Joriy davrdagi chora-tadbirlar quyidagi maqsadlarga qaratilgan:

➖ YaIM tarkibida sanoatdagi qo‘shilgan qiymatning sezilarli darajada o‘sishi uchun shart-sharoitlarni bundan keyin ham takomillashtirish;
➖ ichki va tashqi bozordagi o‘rnini saqlab qolish maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardosh narxini ushlab turish uchun tannarxni kamaytirish;