Saudiya Arabistoni bozor talabining pastligi fonida barcha mintaqalar, jumladan, Osiyodagi xaridorlarga fevral oyida neft yetkazib berish narxini pasaytirishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Saudi Aramco davlat kompaniyasi Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy Arab Light brendi uchun neft narxini bir barrel uchun 1,5–2 dollarga pasaytirdi. Saudi Aramco shuningdek, shimoli-g‘arbiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Shimoliy Amerikaga fevral oyi uchun yetkazib berish narxlarini pasaytirdi.
Bloomberg’ning qayd etishicha, fevral va mart oylarida neft iste’moli kamayishi kuzatiladi.
“Ushbu davrda neftni qayta ishlash zavodlari rejali texnik xizmat ko‘rsatish uchun yopiladi”, — deyiladi xabarda.
Narxlarni pasaytirish to‘g‘risidagi qaror Amerika neftini yetkazib berishning ko‘payishi hisobiga taklifning ortiqcha bo‘lishi xavfi fonida qabul qilingan. S&P Global Commodity Insights ma’lumotlariga ko‘ra, OPEK+ mamlakatlari eksport hajmini qisqartirishi fonida, o‘tgan yil oxiriga kelib AQSH neft qazib olish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishga yaqin edi.
2023-yil noyabr oyi oxirida OPEK+ davlatlari kelishuvga erishdi, unga ko‘ra Saudiya Arabistoni neft eksportini ixtiyoriy ravishda 1 million barrelga, Rossiya esa 500 ming barrelga ko‘paytiradi, tashkilotning qolgan davlatlari esa birgalikda neft eksportini bir necha barobarga (500 ming barrelga) qisqartiradi. Shartnoma martgacha amal qiladi.