Soliq mobil ilovasida o’zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin
1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.
2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda 1-dekabrga qadar yiliga kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so’m) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism
3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).
4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil
5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.
*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.
Soliq mobil ilovasida o‘zini o‘zini band qilgan shaxs sifatidagi faoliyatni to‘xtatish ham mumkin.