Qirgʻiziston Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi jahon amaliyotini hisobga olgan holda oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida maktablar yaqinida 40 km/soatdan 30 km/soatgacha oʻzgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda mazkur loyiha sinov bosqichida. Bishkek shahridagi sakkizta umumtaʼlim maktabi atrofida 30 km/soatgacha chegaralangan yoʻl belgilari oʻrnatilgan. Ushbu tezlikdan oshgan haydovchilarga ogohlantirish berilib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, fuqarolar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, maktablar yaqinida tezlikni 30 km/soatgacha kamaytirish yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va bolalar xavfsizligini taʼminlashda sezilarli yordam berishini deyarli hamma maʼqullagan.