Afgʻoniston gʻarbidagi Hirot viloyatidagi masjidga uyushtirilgan hujum oqibatida olti kishi halok boʻldi, bir kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy «Pajhwok» agentligi xabar berdi.
Manbaga koʻra, tashrif buyuruvchilarga hujum qurollangan shaxs tomonidan amalga oshirilgan.
«Agence France-Presse» Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, hujum 29-aprel kuni kechqurun Gʻuzor tumanida sodir boʻlgan.
Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.