Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ba’zi G‘arb ittifoqchilarini HAMAS qolib, Isroil Mudofaa kuchlariga qarshi yolg‘on ayblovlar qo‘yishga urinayotganlikda aybladi. Bu haqda kecha, 17 mart kuni “Financial Times” nashri xabar berdi.
“Isroilning HAMAS jangchilaridan o‘zini himoya qilish huquqini tezda inkor etayapsizmi?” deb o‘rtaga so‘rov tashlagan u.
Netanyaxuning iddao qilishicha, bunday bayonotlar berganlar Isroilda bo‘lib o‘tgan eng dahshatli qirg‘inni unutgan. Biroq u aynan qaysi davlatlar qanday bayonot berganiga aniqlik kiritmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilda saylovlarni o‘tkazishni talab qilgan xalqaro hamjamiyat vakillari bu mamlakatni olti oy davomida falaj qilib qo‘yishini va operatsiyaning to‘xtatilishiga olib kelishini juda yaxshi tushunadi.
Ma’lumot uchun, 15 mart kuni AQSH Senatidagi demokratlar yetakchisi Chak Shu