AQSH Federal qidiruv byurosining oʻquv markazida portlash sodir boʻldi

AQSH Federal qidiruv byurosining oʻquv markazida portlash sodir boʻldi

Kaliforniyadagi Federal qidiruv byurosining (FQB) oʻquv markazida mashgʻulotlar vaqtida portlash sodir boʻldi. Bu haqda mahalliy KTLA portali xabar berdi.

Manbaning aniqlik kiritishicha, portlash Orinj okrugi maxsus boʻlinmalari sapyorlar bilan birgalikda mashgʻulotlar oʻtkazayotganda sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida kamida 16 kishi jarohatlangan, ulardan 15 nafari mahalliy shifoxonaga yuborilgan.

Taʼkidlanishicha, 13 nafar jabrlanuvchi bosh aylanishi va quloqlarida shovqindan shikoyat qilgan. Baʼzilar oyoqlaridan jarohat olgan.