Armaniston Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma (KXSHT)dagi ishtirokini muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan maʼlum qildi.
“Bizning fikrimizcha, Armanistonga nisbatan Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma, ayniqsa, 2021-2022-yillarda amalga oshirilmadi va bu bizning eʼtiborimiz chetida qolishi mumkin emas. Biz bu kelishuvdagi ishtirokimizni muzlatib qoʻydik. Koʻramiz, keyin nima boʻladi”, — dedi u.
Bungacha Yerevan bir necha bor KXSHT va Moskvani oʻz majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblagan edi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 2023-yilning 23-noyabr kuni Minskda boʻlib oʻtgan KXSHT sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi.
KXSHTga oltita davlat — Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston aʼzo.