AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp har qanday xorijiy davlatga yordam shunchaki emas, balki qarz shaklida berilishi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda Newsweek.
Bu haqda u bo‘lajak prezidentlik saylovlari oldidan Janubiy Karolinada bo‘lib o‘tgan mitingda aytib o‘tgan. Uning fikricha, agar AQSH Ukraina va Isroilga mablag‘ ajratsa, bu davlatlar pulni qaytarishga majbur bo‘ladi.
“Bundan buyon, AQSH Senati, eshityapsizmi, xorijiy yordam ko‘rinishidagi pul hech bir davlatga berilmasligi kerak, u shunchaki yordam emas, balki qarz ko‘rinishida bo‘lishi lozim”, — deb yozgan Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Qo‘shma Shtatlar tomonidan katta yordam ko‘rsatilishi Ukrainaning Amerika tomoni bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatni sobiq rahbar misol tariqasida qo‘shimcha qilgan.
“Misol tariqasida, deylik, biz Ukrainaga 200 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdik va ular yaqin uch hafta ichida Rossiya bilan kelishuvga erishishlari mumkin va birdan ular biz bilan boshqa munosabat o‘rnatishni xohlamaydi. NATO bilan ham xuddi shunday qildim. Men ularni pul to‘lashga majbur qildim”, — degan u.
O‘sha vaqtda AQSh Senati Ukraina va Isroilga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqayotgan edi, biroq bu masala bo‘yicha kelishuv kechiktirildi. Amaldagi prezident Jo Bayden Ukrainaning urush davridagi og‘ir ahvolini ta’kidlab, unga yordam so‘ramoqda.