Britaniyalik anesteziolog Tomas Xerbst operatsiya vaqtida uxlab qoldi. Uning uyqusi shu qadar chuqur bo’lib chiqdiki, hamkasblari uni uyg’otishga qiynaldilar.
61 yoshli shifokor jonlantirilib, unga kofe berildi, shundan so‘ng u operatsiyani davom ettirdi.
Ma’lum bo’lishicha, shifokor operatsiyadan bir kun oldin soliq deklaratsiyasini to’ldirgan va shuning uchun u juda charchagan. Sud qarori bilan u olti oyga ishdan chetlashtirildi.