Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu yanvar oyida Ukraina Qurolli kuchlarining yoʻqotishlarini 23 ming kishiga baholadi.
“Yanvar oyida Ukraina qoʻshinlarining yoʻqotishlari 23 ming kishidan oshdi”, — dedi vazir Rossiya Qurolli kuchlari rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan majlisda.
“Keng qamrovli harbiy amaliyotlar taʼsiri natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining oʻtgan oydagi yoʻqotishlari 23 ming kishidan oshib ketdi”, — deydi armiya generali.
Vazir bu yerda halok boʻlgan va yaralanganlarni nazarda tutmoqda.
Uning taʼkidlashicha, Kiyev oʻzining qolgan zaxiralarini jangga tashlamoqda va mudofaani boy bermaslikning oldini olish uchun shoshilinch ravishda majburiy safarbarlik oʻtkazmoqda.
Rossiya boʻlinmalari oldinga siljib, nazorat zonalarini kengaytirmoqda. Kupyanskiy, Krasnolimanskiy va Donesk yoʻnalishlaridagi faol operatsiyalar davomida Veseloye, Kraxmalnoye va Tabayevka aholi punktlari ozod qilingan.
Ukrainaning texnikadagi yoʻqotishlari haqida gapirar ekan, Shoygu rossiyalik harbiylar Ukraina Qurolli kuchlarining uch mingdan ortiq turli xil qurollarini, jumladan, Germaniyaning “Leopard” tanklari, amerikalik “Bradley” piyoda jangovar mashinalari, “Patriot” va “HIMARS” raketa tizimlarini yoʻq qilganini aytdi.
Shuningdek, yanvar oyida armiya Ukrainadagi harbiy infratuzilma va harbiy-sanoat kompleksi obyektlariga 127 ta aniq zarbalar berdi.
“Qurol-yarogʻ ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish va taʼmirlash korxonalari, arsenallar, harbiy aerodromlar, yoqilgʻi omborlari, Ukraina Qurolli kuchlari boʻlinmalari va xorijiy yollanma askarlarning joylashuvi zarbaga uchradi”, — dedi vazir.