Voqea sodir bo’lgan paytda konda 200 dan ortiq oltin qazib oluvchi ishlagan.
Malining janubi-g‘arbidagi oltin konida tunnel qulashi oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Sinxua” .
Ma`lumotlarga ko’ra, voqea 19 yanvar kuni Kangaba viloyatida sodir bo’lgan.
Shaxta qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 kishini tashkil qildi. Voqea sodir boʻlgan paytda konda 200 dan ortiq oltin qazib oluvchi ishlagan, deyiladi xabarda.
Mali hukumati qurbonlar oilalari va mamlakat xalqiga hamdardlik bildirdi. Kon vazirligi qidiruv-qutqaruv ishlarining borishini kuzatishga va’da berdi.