Namoyish ashyolari Tashkent City Mall’da alohida ajratilgan 1400 kv.m dan ortiq maydonni egallagan makonda bo‘lib o‘tmoqda. Maktublar, fotosuratlar, tabriknoma, plakat va afishalar, maqola va boshqa ko‘plab buyumlar mazkur ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilingan.
Jamg‘arma jamoasi va ilmiy maslahatchilar bir necha oy davomida O‘zbekiston va chet ellarda izlanishlar olib bordilar. Materiallarning aksariyat qismi jadidlarning qarindoshlari va yaqinlarining shaxsiy xotira bisotlaridan yig‘ilgan. Qolgan qismi esa Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi va Oʻzbekiston milliy kutubxonasi sara to‘plamlaridan jamlangan. Shuningdek, xalqaro arxiv manbalaridan ham foydalanilgan.
🎟 Chiptalarni kassadan yoki iticket.uz’dan xarid qilish mumkin.