Milliy gvardiya Buxoro viloyati Chavandozlar maktabida kattalar, o’smirlar va yoshlar o`rtasidagi ot sportining uchkurash turi bo’yicha shaxsiy-jamoaviy O’zbekiston chempionati musobaqasiga bo`lib o`tdi.
Unda Milliy gvardiya Farg’ona, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari Chavandozlar maktablari hamda Ot sporti bo’yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilari ishtirok etishdi. Dastlab musobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar maydon bo’ylab uchkurash turining ot yo’rttirish yo’nalishi bo’yicha bellashdi.
Shuningdek, shaxsiy-jamoaviy O’zbekiston chempionati musobaqasining ikkinchi kunida esa uchkurash turi bo`yicha mohir chavandozlar bor mahoratlarini namoyish etishdi. Qoidaga ko‘ra, sportchilar o’zlarining sport otlarida 3640 metr bo’lgan masofada dala sinovlari ya’ni notekis yerlarda turli to‘siqlardan sakrash kabi shartlar bo`yicha ham kuch sinashdi. Musobaqa yakunida g’olib chavandozlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.