Uylar arzon/qimmatlashdi(mi?)

Uylar arzon/qimmatlashdi(mi?)

Uylar sotuvi kamaygan, biroq birlamchi bozorda narxlar sezilarli yuqori

Markaziy bank Ko‘chmas mulk bozori tahlilini o‘zbek tilida ham taqdim qilishni boshladi

Tahlillarga ko‘ra, 2024 yil I choragida 2023 yilning shu davriga nisbatan kamroq uy sotilgan — 80,2 mingta.

Uylar sotuvining sezilarli pasayishi Toshkent shahri (12 foizga pasaygan) va Navoiy viloyatida (20 foiz) kuzatildi.

Kelgusida davrda uy-joy taklifining kengayishi ortidan uylar ijarasi bo‘yicha variantlar ko‘payib, bu narxlarga taʼsir qilishi kutilmoqda.

Narxlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ikkilamchi bozordagi uylar narxi o‘sishi biroz susayib, yillik hisobda 29,6 foizni tashkil qilgan. Uylarning narxi dollarda hisoblanganda 17,7 foizga o‘sgan.

Yangi uylar (birlamchi bozor) narxi esa yuqori o‘sishda davom etmoqda. I chorak yakuniga kelib uylarning so‘mdagi narxi 39 foizga, dollardagi narxi esa 26,2 foizga yuqorilagan.

Toshkentdagi ijara narxlari esa 2023 yil martiga nisbatan so‘mda o‘zgarishsiz qolgan. Dollarda esa 9 foizga pasaygan.

Poytaxtda 1 sotix yer narxi esa o‘rtacha 364 mln so‘m yoki 28,7 ming dollarni tashkil qilmoqda. 2023 yilga nisbatan o‘sish so‘mda 37,5 foiz, dollarda 24,9 foiz bo‘ldi.

Hududlar bo‘yicha Toshkentda ikkilamchi bozordagi uylarning 1 kv m uchun o‘rtacha narxi 15,5 mln so‘m bo‘lib turibdi (2023 yilda 10,9 mln so‘m).

Poytaxtga narx borasida eng yaqin hudud 9,5 mln so‘m bilan Samarqand bo‘lsa, Qoraqalpog‘istondagi uylarning narxi 4,3 mln so‘m bilan eng arzon hisoblanadi.