Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi piyodaning oʻlimi bilan yakunlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 9-may kuni soat 17:00 larda 24 yoshli А.Х. «Kia» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 27 yoshli piyoda Д.К.ни urib yuborgan. Oqibatda D.K olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.