Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) dotsenti, urdushunos olima Muhayyo Abdurahmonova Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda, shuningdek, Oʻzbekistonda sharqshunoslik sohasi, jumladan urdu tilini rivojlantirishga qoʻshgan beqiyos xizmatlari uchun 23-mart «Pokiston kuni» bayrami arafasida Pokiston Islom Respublikasi hukumati tomonidan «Tamgʼa-e-imtiyaz» mukofoti bilan taqdirlangan edi.
TDShU Matbuot xizmati matbuot xizmati xabariga koʻra, Pokiston Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasida M. Abdurahmonovaga mukofotni topshirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda TDShU rektori G. Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.