Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani, 277-o‘rta maktab 1-“Ye” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“Ye” sinf rahbari S.R. (ayol) ning ustidan shikoyat qilgan.
Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. o‘quvchilar qo‘lining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.
1-“Ye” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo‘shatildi.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.