Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Oʻgʻiloy Oʻrozova maʼlum qildi.
Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarni eng quyi tizim – mahalladan boshlash maqsadida Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanining «Qirsadaq» mahallasi namunaviy ish tashkil etish uchun tanlab olindi.
Hozirgi kunda Senat Raisi rahbarligida «Qirsadaq» mahallasida uyma-uy yurish orqali yangi biznes gʻoyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, loyihalarini sifatli ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashilmoqda.
Ayni vaqtda «Qirsadaq» mahallasi tajribasi barcha hududlarga joriy etilmoqda.
Shuningdek, 2024-2025-yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilmoqda.