Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquv jarayoni STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquv jarayoni STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi

Farmonga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tajriba-sinov tariqasida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan oʻzaro integratsiyalashgan oʻquvchilarni muhandislik asoslariga oʻrgatish boʻyicha taʼlim dasturlari joriy qilinadi.

Bunda:

— Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquv jarayoni 5-yillik dasturlar asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi;

— muhandislik dasturlariga tanlov umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha qobiliyati bor 6-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;

— muhandislik taʼlim dasturlari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;

— muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.