Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, joriy yilning 11-12-mart kunlari Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish hamda boshqa tadbirlar oʻrin olgan.