Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakatda fohishalikni yoʻq qilmoqchi va buni qonun orqali amalga oshirishga vaʼda berdi.
Bosh vazir oʻzi yetakchisi boʻlgan “Sotsialistik partiya”ning mitingida soʻzga chiqib, tez orada mamlakatda fohishalikni bekor qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqishga vaʼda berdi.
Shuningdek, Ispaniya rasmiylariga koʻra, qirollikda 45 mingga yaqin ayol jinsiy ekspluatatsiyaga uchragani qayd etilgan. Biroq, mamlakatda fohishalikning oʻzi noqonuniy emas, faqat u bilan bogʻliq ayrim faoliyat turlari taqiqlangan.
Avvalroq, Madrid markazida minglab odamlar namoyishga chiqib, Ispaniyaning amaldagi bosh vaziri Pedro Sanchesning isteʼfosini talab qilgan edi. Mitingni tashkil qilishda yuzga yaqin jamoat va siyosiy tashkilotlar ishtirok etib, Sanches bosh vazir boʻlganidan beri Ispaniya qiynalayotgani, siyosiy, institutsional va ijtimoiy tanazzulni boshdan kechirayotgani taʼkidlandi.